18:18 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Sayt virtualnoy priyemnoy prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva

Prezident virtual qabulxonasi onlayn ishlaydi

Sputnik / Stringer
Yangiliklar
Havola olish
228240

Yangilangan Virtual qabulxona 2018 yilning 20 iyuniga qadar Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan toʻla shakllantirilishi belgilangan

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. 2018 yilning 9 yanvar kuni umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan, 237 banddan iborat boʻlgan "Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili" davlat dasturi loyihasining 26-bandida Prezidentning yangilangan Virtual qabulxonasi haqida soʻz boradi.

Unda aholiga onlayn maslahat berish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasini joriy etish taʼkidlangan.

Yangilangan Virtual qabulxona 2018 yilning 20 iyuniga qadar Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan toʻla shakllantirilishi belgilangan.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy taʼminoti takomillashtirilib, unda aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi.

Asosiy mavzular