02:14 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
90010

Toshkent markazida Kaufman yetimxonasi binosi qayta tiklanmoqda. Qurilish ketayotgan joy temir devor bilan oʻralgan. Spunik Oʻzbekiston muxbiri xabariga koʻra, bino eski holatida qayta tiklanmoqda. Oʻsha mashhur Nikolay davri gʻishtlari ham keltirilgan va ulardan sayqal berishda foydalanilmoqda

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. 1916 yili qurilgan va oʻtgan yil buzilgan sobiq Kaufman yetimxonasi binosi Toshkent shahri markazida, Amir Temur xiyoboni yaqinida qayta tiklanmoqda. Bu haqda qurilish joyida boʻlgan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar berdi.

Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta
Sputnik
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta

Shahar hokimligi tomonidan vaʼda berilganidek, yetimxona qayta "restavratsiya" qilinmoqda. Kaufman yetimxonasi dastlabki holatida qayta tiklanadi, dedi ushbu jarayonda ishtirok etayotgan quruvchilardan biri. 

Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta
Sputnik
Stroitelstvo Kaufmanskogo priyuta

Qurilish ketayotgan joy temir devor bilan oʻralgan. Aholi orasida eng koʻp tilga olingan, mashhur Nikolay davri gʻishtlari ham qurilish maydoniga keltirilgan va ulardan sayqal berishda foydalanilmoqda, deb xabar qildi muxbir.

Ottochennыe Nikolayevskiye kirpichi so starogo zdaniya Kaufmanskogo priyuta
Sputnik
Ottochennыe Nikolayevskiye kirpichi so starogo zdaniya Kaufmanskogo priyuta

Quruvchilardan birining soʻzlariga koʻra, Kaufman yetimxonasi muzey koʻrinishida qayta tiklanadi.

Obʼyekt Navroʻz bayrami arafasida topshirilishi kutilmoqda.

Teglar:
Amir Temur xiyoboni, skver, Kaufman uylari, Toshkent

Asosiy mavzular