07:28 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
94803

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosariga Toshkent shahrining barcha ichki ishlar organlari faoliyatini, shu jumladan, biriktirilgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish huquqi berildi

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Ichki ishlar vazirligida yangi lavozimlar joriy etildi. Bu haqda 14 fevral kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi qarorida aytib oʻtilgan.

Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh boshqarma) boshligʻi, unga jamoat tartibini samarali saqlashni, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni taʼminlash maqsadida Toshkent shahrining barcha ichki ishlar organlari faoliyatini, shu jumladan, biriktirilgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish huquqi berilgan.

Shuningdek, Bosh boshqarma boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — profilaktika inspektorlarining, eng avvalo, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi samarali faoliyatini tashkil etish, ushbu yoʻnalishda barcha sohaviy xizmatlarning oʻzaro muvofiqlashgan hamkorligini taʼminlash uchun javobgar etib belgilangan.

"Muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻining maslahatchisi — jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida katta amaliy ish tajribasiga hamda ushbu organlar tizimida obroʻ va hurmatga ega boʻlgan ichki ishlar organlarining pensionerlari orasidan jamoatchilik asosida jamlanadi va unga toʻlanayotgan pensiyasining 30 foizi miqdorida byudjet mablagʻlari hisobidan oylik ustama haq belgilanadi", — deyiladi qaror matnida.

Asosiy mavzular