22:13 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
9 may - Gʻalaba bayrami, Xotira va qadrlash kuni (31)
744 0 0

Rossiya Mudofaa vazirligi sovet ayollariing urush yillaridagi qahramonliklari haqida hujjatlarni eʼlon qildi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi 8 mart arafasida oʻzining rasmiy saytida Ulugʻ Vatan urushi yillarida sovet ayollari koʻrsatgan jasoratlar haqidagi arxiv hujjatlarni eʼlon qildi.

"Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy saytida Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida tarixiy multimediya boʻlimi ishga tushirildi, u qahramonliklari va jasoratlari tufayli Ulugʻ Vatan urushining jang maydonlarida umrboqiy shon-sharaf qozongan sovet ayollariga bagʻishlangan", — deyiladi xabarda.

Harbiylar maʼlumotlariga koʻra, ushbu boʻlimda Rossiya Mudofaa vazirligi Markaziy arxivi fondidan mahfiylikdan chiqarilgan qator hujjatlar: maktublar, fotosuratlar, urush yillaridagi gazetalardan qirqib olingan parchalar, dokladlar, mukofot hujjatlari joylashtirilgan.

Hujjatlarda jang maydonidan 46 nafar yarador jangchini olib chiqqan hamshira Mariya Feofanova, qoʻlbola granata bilan dushman pulyomet ekipajini halokatga uchratgan yefreytor Natalya Kostyanitsina, radistka Olga Flatkina, Sovet ittifoqi qahramoni Tatyana Baramzina va tankchi ayol Mariya Oktyabrskayalar tomonidan koʻrsatilgan qahramonliklar haqida hikoya qilingan.

"Umumiy sarlavha ostida berilgan bu xabarlarning har biri — bu miniatyura shaklidagi tarix, ular hammasi birgalikda esa — mutlaqo ayollarga xos boʻlmagan jasorat, qahramonliklarga limmo-lim ayollar taqdiri kaleydoskopidir. Bunday jasoratlarni ayollar sodir etganiga ishonging kelmaydi", — deb taʼkidlanadi xabarda.

Mavzu:
9 may - Gʻalaba bayrami, Xotira va qadrlash kuni (31)

Asosiy mavzular