05:38 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
98610

Yana bitta muhim holat - test sinovi topshirish jarayonida videokuzatuv orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilayotgani yoki qilmayotganligi kuzatib boriladi. Mabodo tartibbuzarlik holati aniqlansa, abituriyent jarayondan chetlatiladi

TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Bu yilgi test sinovlari jarayonini abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun imtihonlar oʻtkaziladigan joylar zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanadi, deb xabar qildi DTM matbuot-xizmati.

2018 yil 3 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining "Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi 261-son qarori chiqdi.

Mazkur qaror bilan Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali oʻqishga qabul qilish boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi.

Xususan, qarorga koʻra, Davlat test markazi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida unda belgilangan kun test sinovlari oʻtkaziladigan bino shtabida test sinovi jarayonini kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.

Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) taʼlim uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha boʻlgan muddatda, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi. Yangi tartibga koʻra abituriyentning test sinoviga kelish sanasi va vaqti uning ruxsatnomasida koʻrsatiladigan boʻldi. Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qatʼiy hisoblanib, boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.

Abituriyentlar tanlangan taʼlim yoʻnalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi boʻyicha test sinovini topshiradi.

Binolarni tayyorlash, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abiturientlar ota-onalarining kirish test sinovlari jarayonini onlayn tarzda kuzatib borishlari, abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoning tegishli hududiga kiritish, oʻtkazilgan test sinovlari jarayoni boʻyicha barcha video yozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratish Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari hamda Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taʼminlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jarayon boʻyicha videoyozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga topshiradi.

Binoda test sinovi jarayonini toʻliq nazorat qilish uchun 30 nafar abituriyentga bitta statsionar video kuzatuv tizimi oʻrnatiladi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanadi, binoda bir nafar abiturientga 2 m2 dan kam boʻlmagan joy tayyorlanadi.

Abituriyentlarga ruxsatnomalar oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 29-31 iyul kunlari test sinovlari oʻtkaziladigan binolarning chizma nusxasi va "Abituriyentlarga eslatma"ni ilova qilgan holda qaydnoma asosida tarqatiladi.

Binoga kirishning Nazorat oʻtkazish joyida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyentda taqiqlangan buyum yoki boshqa vosita mavjudligi aniqlangan taqdirda shu joyga biriktirilgan Davlat test markazining vakili xabardor qilinadi va abituriyent binoga kiritilmaydi.

Yana bitta muhim holat — test sinovi topshirish jarayonida videokuzatuv orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilayotgani yoki qilmayotganligi kuzatib boriladi. Mabodo tartibbuzarlik holati aniqlansa, abituriyent jarayondan chetlatiladi;

Apellyatsiya haqida: test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent 20 avgustdan 30 avgustgacha, belgilangan ish vaqtiga muvofiq, dam olish kunlarisiz oʻn bir kalendar kuni davomida yozma va elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Apellyatsiya shikoyati Davlat test markazida hamda uning hududiy boʻlimlarida qabul qilinadi.

Teglar:
DTM, test sinovlari

Asosiy mavzular