11:37 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
46110

Almatov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash yoʻnalishida olib borilayotgan ishlarni tahlil qilgan

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, IIB xodimlari va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi, deb xabar berdi Buxoro viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Eslatib oʻtamiz, 1991-2005 yillarda Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab, bir qancha xodimlarga ustozlik qilib, nafaqaga kuzatilgan general-polkovnik Zokirjon Almatov joriy yil Oʻzbekiston prezidenti qaroriga koʻra, Oʻzbekiston IIV rahbari maslahatchisi lavozimiga qaytarilgan edi.

Taʼkidlanishicha, Buxoroda oʻtgan yigʻilishda viloyat hokimi Oʻktam Barnoyev soʻzga chiqqan va Oʻzbekiston Respublikasining sobiq ichki ishlar vaziri general-polkovnik Zokirjon Almatovning mehnat faoliyati juda murakkab davrlarga toʻgʻri kelganiga qaramay, oʻz kasbining kasbining fidoyisi bunday tahlikali davrda metindek iroda, mardlik, jasurlik koʻrsatib Oʻzbekistonni ogʻir davrdan olib chiqqani hamda bugungi tinchlikning sababchilaridan biri ekanligini alohida eʼtirof etgan.

Shundan soʻng general-polkovnik Zokirjon Almatov oʻzining xotiralari va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan xalqni rozi qilish siyosatining ahamiyati haqida alohida toʻxtalib, viloyatdagi mahalla oqsoqollariga bu ezgu siyosatning maqsadini har bir xonadonga yetkazish, unib oʻsayotgan har bir yoshni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash lozimligini taʼkidlagan.

Almatov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash yoʻnalishida olib borilayotgan ishlarni tahlil qilgan.

Teglar:
Almatov, IIV, Buxoro

Asosiy mavzular