TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu Toshkentga yetib keldi. Oʻzbekiston poytaxtida Shoygu xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi, shuningdek, Rossiya-Oʻzbekiston hamkorligi boʻyicha muzokaralar oʻtkazadi.
Bu haqda dushanba kuni jurnalistlarga Rossiya Mudofaa muassasasi matbuot-kotibi Rossiyana Markovskaya xabar qildi.
"Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu rasmiy tashrif bilan Oʻzbekiston Respublikasiga yetib keldi. Tashrif dasturiga asosan RF Mudofaa vaziri Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi, shuningdek, respublika Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov bilan ishchi uchrashuvini oʻtkazadi", — dedi Markovskaya.
Ayolning soʻzlariga koʻra, Rossiya mudofaa muassasasi rahbari muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini, ikkiyoqlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali Rossiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilishgan edi.