19:22 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Yangiliklar
Havola olish
87930

Narxi 40 ming dollarga teng boʻlgan yengil avtomobillarni 2019 yilning 1 yanvaridan bojxona toʻlovlarisiz olib kirish mumkin boʻladi

TOSHKENT, 3 iyul — Sputnik. Ishlab chiqarilganiga ikki yildan koʻp boʻlmagan va narxi 40 ming dollarga teng boʻlgan yengil avtomobillarni 2019 yilning 1 yanvaridan bojxona toʻlovlarisiz olib kirish mumkin boʻladi.

Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan Tashqi iqtisodiy faoliyatni va bojxona-tarif tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida" gi qarorining ilovasida aytilgan.

Yangi huquqiy hujjatda aytilishiga koʻra, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekistonga olib kelinayotgan 700dan ortiq mahsulotlar uchun yangi boj stavkalari kamaytirilgan.

Xususan, faqat elektr quvvati bilan harakatlanadigan transport vositalari uchun, TN VED kodi 870380, boj stavkasi "0" miqdorida belgilangan.

Ayni damda amal qilayotgan bojxona tarifida ushbu kodga doir mahsulotlar uchun stavkalar keltirilmagan. Yangi bojxona stavkalarini muhokama qilish vaqtida elektromobillar uchun 10% stavka qoʻyish taklif qilingan edi, lekin yakuniy hujjatda bu taklif inobatga olinmagan.

Asosiy mavzular