10:51 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Yangiliklar
Havola olish
197 0 0

Internet hamjamiyatining terror va diniy ekstremizm bilan shugʻullangan 360 ishtirokchisi faoliyatiga nuqta qoʻyilgan, veb-saytlar maʼmurlari va moderatorlariga nisbatan 122 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻtgan yil davomida internet hamjamiyatining terror va diniy ekstremizm bilan shugʻullangan 360 ishtirokchisi faoliyatiga nuqta qoʻyildi, deb bayonot qildi chorshanba kuni Toshkentda oʻtkazilgan SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi oltinchi xalqaro anjumanida SHHT MATT Ijroiya direktori Yevgeniy Sыsoyev.

Tadbirda "shanxay oilasi"ga kiruvchi 15 davlat delegatsiyasi aʼzolari, 9ta xalqaro tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etishdi hamda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

"Oʻtgan yil davomida erta bosqichda bir qator terroristik aktlar oldi olindi. Ellikdan ziyod terrorchilik uyushmalari faoliyatiga nuqta qoʻyildi. Shuningdek, davlatlararo qidiruvda boʻlgan 150dan ortiq terrorchilar ushlandi", - dedi SHHT MATT Ijroiya direktori.

Sыsoyevning maʼlum qilishicha, internet tarmoqlaridan terroristik va ekstremistik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurash doirasida 500 mingdan ziyod materiallarga ega boʻlgan 80 mingdan ortiq internet resurslar chegaralangan.

Internet hamjamiyatining terror va diniy ekstremizm bilan shugʻullangan 360 ishtirokchisi faoliyati oldi olingan, veb-saytlar maʼmurlari va moderatorlariga nisbatan 122 ta jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular