06:27 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Nachalnik stolichnogo Upravleniya migratsii i oformleniya grajdanstva podpolkovnik Kudrat Yuldashev rasskazal o novom zagranpasporte

Oʻzbekistondagi yangi "zagranpasport" qanaqa boʻladi?

Podrobno.uz
Yangiliklar
Havola olish
56301

Yangi hujjatni 2019 yilning 1 yanvaridan olish mumkin

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Yangi xorijga chiqish pasporti - 48 varoqdan iborat, jigarrang hujjat boʻlib, Oʻzbekistonning tarixiy yodgorliklari bilan bezatilgan boʻladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.

Shuningdek, hujjat bezagida suv belgilari, sakkizburchakli pentagramma, rangi almashadigan boʻyoq, muar effekti, metallashgan himoya ipi va laminatsiya qilingan plenkadan foydalaniladi.

Hujjatga elektron chip oʻrnatilgan boʻladi.

Yangi xorij pasportini olish uchun biometrik maʼlumot olish uchun 12ta yangi stantsiyalar oʻrnatish rejalashtirilgan, dedi Oʻzbekiston IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbari Qudrat Yoʻldoshev.

Ularning har biri kuniga 180-200 kishiga xizmat koʻrsatishi kutilmoqda.

Hozirda Toshkentda 20ta shunday stantsiya faoliyat yuritmoqda.

Yangi hujjatni olish uchun fuqarolar yashash manzili boʻyicha IIV organlariga murojaat etishlari, anketa-arizani toʻldirishlari, fotosurat, pasport nusxasi va voyenkomatdan maʼlumotnoma (harbiy xizmat majburiy boʻlgan shaxslar uchun) topshirishlari kerak boʻladi.

Davlat boji - eng kam ish haqining 150%ni tashkil qiladi. Hujjat 10 kun oʻtgach tayyor boʻladi.

Voyaga yetmaganlar yangi pasport bilan 5 yilgacha, 16 yoshdan kattalar - 10 yil muddatgacha chegarani kesib oʻtishlari mumkin.

Asosiy mavzular