02:42 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Sbor ovoщey v fermerskom xozyaystve

Fermerlarga yer beriladi

© Sputnik / Igor Zarembo
Yangiliklar
Havola olish
121001

Maqbullashtirish jarayonida tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilgan yer uchastkalari, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritadigan, moliyaviy holati yaxshi va qishloq xoʻjaligi texnikalariga ega koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari, eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarga beriladi.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Huquqiy axborot kanali.

Qarorga asosan, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlari maqbullashtiriladi.

Shuningdek, qaror bilan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish boʻyicha respublika, viloyat hamda tuman ishchi guruhlari tarkibi tasdiqlandi.

Eksperiment tariqasida fermer xoʻjaliklari uchun yer uchastkalari ochiq tanlov yakuniga koʻra yer uchastkalarini berish masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasi hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasiga binoan xalq deputatlari tuman Kengashining qarori asosida qabul qilingan tuman hokimining qarori boʻyicha beriladi.

Bir gektar yer maydoni uchun paxta-gʻallachilik loyihasiga 2 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorida hamda sabzavot-gʻallachilik, bogʻdorchilik-uzumchilik, sabzavot-polizchilik loyihalariga 5 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritadigan talabgorlarga va klaster korxonalariga tuman sektor rahbarining tavsiyasiga koʻra tanlov oʻtkazmasdan tuman hokimining qaroriga asosan yer uchastkalari ajratiladi.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalarining hajmlari ularning faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi:

paxtachilik va gʻallachilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam oʻlchami – 100 gektar;

gʻallachilik va sabzavotchilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam oʻlchami – 20 gektar;

bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam oʻlchami – 10 gektar;

sabzavotchilik va polizchilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam oʻlchami – 5 gektar;

chorvachilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalarining hajmlari qonunchilikda belgilangan tartibda mavjud shartli mol bosh sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Qishloq xoʻjaligi korxonalari yer uchastkalarining oʻlchami yuqorida nazarda tutilgan miqdorlardan kam boʻlgan taqdirda, ularni maqbullashtarishga asos boʻladi.

Maqbullashtirish jarayonida tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilgan yer uchastkalari, birinchi navbatda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritadigan, moliyaviy holati yaxshi va qishloq xoʻjaligi texnikalariga ega koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari, eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarga beriladi.

Asosiy mavzular