09:50 22 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04
Goroda mira. Doxa

Qatar Iroq tiklanishiga milliard dollar ajratmoqchi

© Sputnik / Vitaliy Belousov
Yangiliklar
Havola olish
223 0 0

Bir yarim yil oldin Saudiya Arabistoni, BAA va Baxrayn oʻz qoʻshnisi Qatar bilan munosabatlarni keskin uzib, transport blokadasini qoʻygan va savdo iqtisodiy aloqalarni tamomila toʻxtatgan edi.

TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Qatar Amiri Tamim bin Xamad Al Toniy Iroq prezidenti Barxam Salex bilan muzokaralarda Iroq infratuzilmasini tiklash uchun milliard dollar investitsiya kiritishga tayyorligini tasdiqladi, deb xabar berdi juma kuni Qatar TIV axborot tarqatish ofisi.

Iroq prezidenti Qatarda rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi, juma kuni u amir saroyida qatar hukumati ishtirokida boʻlib oʻtadigan tantanali tushlikda ishtirok etadi.

Salex Doxaga AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan oʻtkazilgan muzokaralardan keyin keldi. Pompeo ham yakshanba kuni strategik muloqot anjumanida ishtirok etish uchun Qatarga kelishi kutilmoqda.

"Muzokaralar vaqtida Iroq va Qatar rahbarlari birinchi navbatda iqtisodiy, savdo, investitsiya sohalarida, shuningdek, infratuzilma va turizm sohasida munosabatlarni mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar. Qatar infratuzilma loyihalariga, shuningdek, Iroqni tiklash uchun milliard dollar miqdorida kreditlar va investitsiyalar paketini ajratishini maʼlum qildi", - deyiladi TIV xabarida.

Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari Qatardagi Xamada va Iroqdagi Umm Qasr portlari oʻrtasida iqtisodiy va savdo munosabatlarini rivojlantirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri kemalar yoʻlini tashkil etishga kelishib oldi.

Salex Al Toniyga Iroqga rasmiy tashrif uyushtirish taklifini kiritdi.

Bir yarim yil oldin qoʻshni-davlatlar - Saudiya Arabistoni, BAA va Baxrayn Qatar bilan munosabatlarni keskin uzib, unga transport blokadasini qoʻygan va savdo iqtisodiy aloqalarni toʻxtatgan edi.  Doxa amirlikni barcha zarur narsalar bilan taʼminlash maqsadida boshqa mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirishga va yangi kema yoʻllarini ochishga intilmoqda.

Asosiy mavzular