23:12 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Klad zolotыx monet

Yumronqoziq Oltin Oʻrda xazinasini topishda yordam berdi

© Sputnik/ Igor Mixalev
Yangiliklar
Havola olish
183710

Mariysk davlat universiteti olimlari bilan gʻaroyib voqea roʻy berdi

TOSHKENT, 9 fev - Sputnik. Mariysk davlat universiteti olimlari Astraxan viloyatida 14-asr oxiriga mansub kumush tangalardan iborat xazinani aniqladilar. Ushbu xazinani aniqlashda olimlarga yumronqoziq yordam bergan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Olimlar Selitrensk shahri hududida, XIII-XV asrlarda Oltin Oʻrda poytaxti boʻlgan Saroy shahri oʻrnida qazilma ishlarini olib borishayotgan edi.

Ish faoliyati davomida tadqiqotchilar yumronqoziq unga yer ostida harakatlanishga halal bergan kumush tangalarni tashqariga chiqarib tashlaganini payqab qoladilar.

Arxeologlar tangalarni yigʻib olib, ana shu joyda qazish ishlarini boshlab yuboradilar. Xazina shu tariqa topiladi.

Kumush tangalar xazinasi Oʻrta asr tangalarining zarb qilish xususiyatlari hamda Oltin Oʻrda pul muomalasini tizimiga oydinlik kiritish imkonini beradi, deb aniqlik kiritgan Mariysk davlat universituti xodimlari.

Asosiy mavzular