15:56 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Mujchina sidit u kompyutera

Toshkentda onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba loyihasi ishga tushiriladi

© pixabay
Yangiliklar
Havola olish
116 0 0

Soliq organlari bir ish kunida fiskal modulni roʻyxatdan oʻtganligi haqida xabarnomani yuboradi.

TOSHKENT, 22 fev - Sputnik. Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy Telegram-kanalida xabar qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) tajriba loyihasi ishga tushiriladi.

Mazkur loyiha doirasida mahsulotlarni sotilgan vaqti va joyini koʻrsatgan holda maʼlumotlarni soliq organlariga onlayn uzatishni taʼminlovchi nazorat-kassa mashinalari orqali tushumlarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini qoʻllash rejalashtirilmoqda.

Mazkur tarjribada savdo va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar fiskal modulni (ulangan qurilmaning hisoblash quvvatini ishlatmagan holda fiskal maʼlumotlarni kriptografik himoyasini taʼminlovchi qurilma) roʻyxatdan oʻtkazganidan soʻng ixtiyoriy ishtirok etishi mumkin.

Fiskal modul zarur dasturiy taʼminot va texnik resurslar bilan begʻaraz beriladi hamda tadbirkorlarning shaxsiy maʼlumotlari himoyalanadi.

Fiskal modulni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tadbirkorlar davlat soliq organlariga shaxsiy kabinetlari orqali murojaat etadi.

Taʼkidlanishicha, soliq organlari bir ish kunida fiskal modulni roʻyxatdan oʻtganligi haqida xabarnomani yuboradi. Tadbirkor besh ish kunida fiskal modulni bepul olib ketadi.

Asosiy mavzular