01:35 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Snos vetxogo jilya v Tashkente

Axborot urushi: Toshkent hokimligi uy-quruvchilar "hujumi"ga javob berdi

Sputnik / Stringer
Yangiliklar
Havola olish
862 0 0

Tadbirkorning bu hujumlarini hokimlik matbuot uchun toʻqilgan "bayon", deb atagan. Bu tariqa, hokimlik fikriga koʻra, Xodjayev jamoatchilik fikrini oʻzining "muammoli uylaridan" chalgʻitishga harakat qilmoqda.

TOSHKENT, 5 apr - Sputnik. 2019 yilning 5 aprel kuni Toshkent shahar hokimligi quruvchi Muhammadbobur Xoʻjayevning OAVlaridagi daʼvolariga javob berdi va Xoʻjayevni "axborot urushi"ni boshlaganlikda aybladi.

Ilgariroq ushbu tadbirkor, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar va Mirzo Ulugʻbek tumani hokimliklari mutasaddilarini u qurgan uylarni buzishda ayblab, OAVlarida bir necha bor chiqishlar qilgan edi.

Oʻzbekistondagi mutasaddilar Xoʻjayev tomonidan qurilgan uylar sifati jihatidan masʼul komissiyaning talablariga javob bermaydi, deb topgan. Xususan, Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati tomonidan 2 aprel kuni Muhammadbobur Xoʻjayev tomonidan qurilgan uylarning holati, turar joylarning qanchalik sifatli ekani va qurilish talablariga javob berishi haqida aholi fikrini bilish maqsadida tasvirga olish ishlari amalga oshirilgan.

Yangi uylarni xarid qilgan oʻzbekistonliklar qurilish ishlarida xatoliklarga yoʻl qoʻyilgani va boshqa kamchiliklar koʻpligini aytib, noliganlar. Bahorgi yogʻingarchilik vaqtida esa, bu uylardan chaka oʻtgani qayd etilgan.

Shuningdek, Toshkent shahar administratsiyasi Xodjayev uning sifatsiz uylarini masʼul komissiya qabul qilishdan bosh tortayotgani uchun shahar hokimligiga hujumga oʻtganini qayd etgan.

Tadbirkorning bu hujumlarini hokimlik matbuot uchun toʻqilgan "bayon", deb atagan. Bu tariqa, hokimlik fikriga koʻra, Xodjayev jamoatchilik fikrini oʻzining "muammoli uylaridan" chalgʻitishga harakat qilmoqda.

 

Asosiy mavzular