13:02 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Saida Mirziyoyeva stala zamdirektora Agentstva informatsii i massovыx kommunikatsiy

Saida Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor oʻrinbosari boʻldi

Press-slujba Agentstva informatsii i massovыx kommunikatsiy
Yangiliklar
Havola olish
862 0 0

Yigʻilishda prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, vazirlik va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etdi

TOSHKENT, 12 apr - Sputnik. Bugun Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimlari, vazirlik va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda hukumat va Oliy Majlis palatalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot xavfsizligini taʼminlashga oid tizimli ishlarni tashkil qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda axborot xizmatlarining nufuzini oshirish, Agentlik tizimiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, matbaa va noshirlik, kutubxonachilik sohasini zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xususan, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus boʻyicha belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish masalalari alohida qayd etildi.

Kengaytirilgan yigʻilishda shuningdek, yigʻilish ishtirokchilariga va Agentlik jamoasiga yangi rahbariyat tarkibi tanishtirildi – Agentlik direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov, direktorning birinchi oʻrinbosari Avazbek Xodjimetov, direktor oʻrinbosarlari etib Saida Mirziyoyeva Shavkatovna hamda Gʻayrat Bozorov tasdiqlandi.

Asosiy mavzular