Tigr Amurning akasi Zelenskiy g‘alabasini bashorat qildi

© Sputnik / Vitaly Ankov / Mediabankka o‘tishTigr Amur v volyere Primorskogo safari-parka
Tigr Amur v volyere Primorskogo safari-parka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainadagi prezident saylovlarida kim g‘olib bo‘lishi barchaga qiziq. G‘olib nomini aniqlash maqsadida mashhur Amur yo‘lbarsining akasini jarayonga jalb qilishga qaror qilindi

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Krasnoyarskdagi flora va fauna parkidagi Bartek laqabli yo‘lbars (u mashhur Amur laqabli yo‘lbarsning akasi) Ukrainada o‘tkaziladigan ikkinchi tur saylovlarda Vladimir Zelenskiy g‘olib bo‘lishini bashorat qildi. Bu haqda hayvonot bog‘ining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berilgan.

Akter Vladimir Zelenskiy v seriale Sluga naroda 2 - Sputnik O‘zbekiston
Hammasi endi boshlanadi: Poroshenko Zelenskiyning chaqirig‘ini qabul qildi

Ukrainadagi prezident saylovlari 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, nomzodlarning hech biri birinchi turda g‘oliblik uchun kerak bo‘lgan ovozlarni to‘play olmagan.

Saylovlarning ikkinchi turi 21 aprel kuni o‘tkaziladi. Unda Ukraina prezidenti Petr Poroshenko va birinchi turda amaldagi prezidentga nisbatan ikki marta ko‘proq ovoz to‘plagan Zelenskiy qatnashadi.

"Tigrga bir xil bo‘lak go‘sht solingan ikkita bir xil quti tayyorlashdi. Qutilar faqat nomzodlarning suratlari va familiyalari bilan farq qilardi. Ya’ni qutilarning birida amaldagi prezident surati va familiyasi, ikkinchisida esa - Zelenskiy surati bor edi. Amaldagi prezident surati tushirilgan quti (ovoz berish qutisi) tigrga yaqinroq turganiga qaramay, bir necha soniya davom etgan mulohazadan so‘ng Bartek Vladimir Zelenskiyni tanladi", - deyiladi xabarda.

Videoda Bartek avvaliga uni suratga olayotganlar oldidan viqor bilan yurib o‘tgani, so‘ngra xo‘jayinlarga xos yurish bilan qutilar tomon yurgani aks ettirilgan. U avvaliga Poroshenko surati tushirilgan qutini hidlab ko‘radi, so‘ngra ikkinchi quti tomon mo‘ralaydi, so‘ng yana birinchisi tomon o‘giriladi va oxirida Zelenskiy surati tushirilgan qutini tanlaydi.

Yangiliklar lentasi
0