18:54 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Shavkat Mirziyoyev vo vremya poseщeniya avtovokzala Tashkent

Mirziyoyev mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda avtobus yoʻl haqini arzon qilishni buyurdi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
94510

Bugungi kunda Toshkentdan 10 dan ortiq mahalliy reyslar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, avtovokzaldan 12 ta xalqaro yoʻnalish boʻyicha xizmat koʻrsatilmoqda.

TOSHKENT, 10 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 may kuni "Toshkent" avtovokzalida amalga oshirilgan ishlar  bilan tanishdi va har qanday ob-havo sharoitida yoʻlovchilarga yuqori darajada xizmat koʻrsatish, qatnovlarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, narxlarni arzon qilish, haydovchi va vokzal xizmatchilari malakasini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati. 

Davlat rahbarining 2017 yil 10 yanvardagi qaroriga muvofiq aholiga transport xizmati koʻrsatish, shaharlar va qishloqlarda yoʻlovchilar tashish tizimi yaxshilanmoqda. 

Jumladan, Chilonzor tumanidagi "Toshkent" avtovokzali rekonstruktsiya qilinib, yangicha qiyofa kasb etdi. Bir vaqtning oʻzida 2 mingdan ziyod yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda qatnovlar yoʻlga qoʻyildi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya poseщeniya avtovokzala Tashkent
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev vo vremya poseщeniya avtovokzala "Tashkent"

Vokzal eng ilgʻor texnologiyalar bilan jihozlangan. Dispetcherlik xizmati, chiptaxona, kutish zali va VIP zalda yoʻlovchilar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Mehmonxona, ona va bola hamda tibbiyot xonalari, savdo doʻkonlari, ayollar va erkaklar uchun alohida namozxona, barlar tashkil etilgan. 31 ta perron, 80 ta avtobus uchun joy mavjud. 

Shavkat Mirziyoyev vo vremya poseщeniya avtovokzala Tashkent
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev vo vremya poseщeniya avtovokzala "Tashkent"

Bugungi kunda Toshkentdan Yangiyer, Zomin, Samarkand, Zarafshon, Kattaqoʻrgʻon, Xatirchi, Uchquduq, Termiz, Denov, Buxoro, Qorakoʻl va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha kuniga 10 dan ortiq mahalliy reyslar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, avtovokzaldan 12 ta xalqaro yoʻnalish boʻyicha xizmat koʻrsatilmoqda.

Oʻzbekiston Transport vazirligi tomonidan xorijiy davlatlarga vaqtinchalik ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni manzillariga xavfsiz yetkazish maqsadida avtobusda tashishga ixtisoslashtirilgan "Uzautotrans Service" korxonasi tashkil etilgan. Korxona parki Xitoyning "Zhengzhou Yutong Bus Co. Ltd." kompaniyasida ishlab chiqarilgan 168 ta zamonaviy avtobus bilan toʻldirilgan.

Ushbu avtobuslar 53 yoʻlovchiga moʻljallangan boʻlib, ular uchun maksimal darajada qulaylik yaratilgan. Oʻrindiqlar yumshoq, har bir oʻrindiq tepasida havo deflektori va individual yoritish chiroqlari mavjud. Konditsioner va monitorlar safarlar chogʻida juda qoʻl keladi. 

Shu yerda yoʻlovchi tashish tizimidagi muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari, xalqaro va shaharlararo avtobus yoʻnalishlari, avtovokzal hamda avtostantsiyalarni rivojlantirishga oid rejalar taqdimoti oʻtkazildi.

Asosiy mavzular