15:55 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Zolotыe ukrasheniya

Oʻzbekistondan 5 ming $dan koʻp boʻlgan zargarlik buyumlarini olib chiqib ketishga ruxsat etildi

INDRANIL MUKHERJEE / AFP
Yangiliklar
Havola olish
194 0 0

Endilikda jismoniy shaxslar qiymati 5 ming dollardan koʻp boʻlgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya toʻldirgan holda Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqishi mumkin.

TOSHKENT, 20 may – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmon bilan 2019 yil 1 iyuldan:

- zargarlik boʻyicha litsenziyasi boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga oʻzi ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga asillik darajasi izlarini qoʻyish huquqi berildi;

- zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi litsenziyaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻz mahsulotlarini mustaqil sotishi, aholidan qimmatbaho metallar parchalari, qimmatbaho toshlar va buyumlarni sotib olish huquqiga ega;

- davlat ulushi boʻlmagan yoki davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan tadbirkorlar ishlab chiqarishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobini yuritish va saqlash tartibini mustaqil belgilaydi;

- jismoniy shaxslar qiymati 5 ming dollardan koʻp boʻlgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya toʻldirgan holda Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqishi mumkin;

- zargarlik sohasidagi tadbirkorlar “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga ixtiyoriy aʼzo boʻlsa, uyushma aʼzolarining imtiyoz va preferentsiyalari ularga ham tatbiq etiladi.

2019 yil 1 iyundan qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilish orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar qoʻllab-quvvatlanadi.

Farmon bilan, tijorat banklari va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga quyidagi huquqlar berildi:

- “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJdan qimmatbaho metallarni oʻlchov plastinalari koʻrinishida, 5 gramm va undan ortiq boʻlgan granulalarni London qimmatbaho metallar birjasining tongi fiksingi asosida sotib olish;

- sotib olingan metallarni boshqa zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga sotish.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev zargarlik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalar qoʻygan edi.

Asosiy mavzular