22:37 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
m

TIV fuqarolarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Yangiliklar
Havola olish
404 0 0

Instagram᾽da nomaʼlum shaxslarning Tyumenda goʻyoki fojiali halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi jasadini vatanga joʻnatish uchun mablagʻ yigʻishda yordam berish soʻralgan videomurojaati tarqatilmoqda.

TOSHKENT, 21 may  — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni ogohlantirdi.

Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotlarga koʻra, Instagram tarmogʻida nomaʼlum shaxslarning Tyumen shahrida goʻyoki fojiali halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi jasadini vatanga joʻnatish uchun mablagʻ yigʻishda (hisob raqami koʻrsatilgan) yordam berish soʻralgan videomurojaati tarqatilmoqda.

“Rossiya IIVning Tyumen viloyatidagi Boshqarmasi bergan xabariga koʻra, 2019 yilning 1 may kunidan boshlab olingan tezkor maʼlumotlarda Oʻzbekiston fuqarosining vafot etgani/halok boʻlgani toʻgʻrisida axborot yoʻq”, - deyiladi TIV xabarida.

Shuningdek, TIV agarda Oʻzbekiston  fuqarosi boʻlgan yaqin qarindoshi yoki tanishi chet elda yordamga muhtojligi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlgan kishilardan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qilishini tavsiya qilgan.

Sankt-Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda toʻrt nafar oʻzbekistonlik pichoqlandi

Maʼlumot uchun: Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor koʻchasi, 11/2. Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.

Asosiy mavzular