00:23 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Pogruzka kruglogo lesa v vagonы na chastnom lesopererabatыvayuщem predpriyatii

Oʻzbekistonda ishlab chiqarishda halok boʻlayotganlar soni ortmoqda - Mehnat vazirligi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Yangiliklar
Havola olish
289 0 0

Respublika boʻyicha joriy yilning 5 oyi davomida ishlab chiqarishda 228 ta baxtsiz hodisalar yuz bergan, shulardan 61 tasi oʻlim bilan tugagan, 155 tasi oqibati ogʻir va 11 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgan.

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston Mehnat va bandlik vazirligi mehnat muhofazasiga rioya etilmasligi oqibatida mamlakatda baxtsiz hodisalar soni ortmoqda, deya bong urmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot-xizmatiga tayangan holda Sputnik muxbiri xabar berdi.

Jumladan, 2018 yil respublika boʻyicha yil davomida ishlab chiqarishda 554 ta baxtsiz hodisa yuz bergan, shulardan 164 tasi oʻlim bilan tugagan, 364 tasi oqibati ogʻir va 26 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgan.

Ushbu baxtsiz hodisalar oqibatida 183 nafar xodim halok boʻlgan, 428 nafari ogʻir va 47 nafari yengil tan jarohati olgan.

Respublika boʻyicha joriy yilning 5 oyi davomida ishlab chiqarishda 228 ta baxtsiz hodisalar yuz bergan, shulardan 61 tasi oʻlim bilan tugagan, 155 tasi oqibati ogʻir va 11 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgan.

Tahliliy tekshiruvlar baxtsiz hodisalarda asosan ish beruvchi tomonidan mehnat muhofazasi talablari bajarilmasligi; xodimlarning mehnat muhofazasi qonunchiligidan yetarlicha xabardor emasligi va shunga muvofiq oʻz haq-huquqlarini talab etmasligi; xodimlarning norasmiy ishlatilishi; mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga mablagʻ ajratilmasligi; xodimlarni mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriqlardan oʻtkazish, mehnat xavfsizligiga oʻqitish va bilimlarni tekshirgan holda ishga tayinlash tashkil etilmaganligi kabi omillar taʼsiri mavjudligini koʻrsatgan.

Bandlik va mehnat vazirligi ushbu qonunbuzarliklarga nisbatan tegishli chora-tadbirlar koʻrilayotganini maʼlum qilgan. Xususan, joriy yilning oʻtgan davridagi qonunbuzilishlarni bartaraf etish boʻyicha 6118 ta yozma koʻrsatmalar va 298 ta taqdimnomalar kiritildi, 7262 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 4899,1 mln. soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanilgan.

Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyganligi uchun 207 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 395543 ming soʻmlik maʼmuriy jarima qoʻllanildi.

Qolaversa, 2019 yilning 5 oyi davomida Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan jami 7152 nafar fuqaro murojaatlari koʻrib chiqilib, shundan 4168 ta murojaat qanoatlantirilgan va 2449 nafar fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklangan, 2830 nafar fuqaroga tegishli maslahat va tushuntirishlar berilgan, 447 nafar fuqaroning jami 2 mlrd. soʻmdan ortiq ish haqlari tegishli tartibda undirilgan.

Asosiy mavzular