16:13 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
V agentstve Uzatom proshla vstrecha s predstavitelyami MAGATE

Oʻzbekiston MAGATE bilan hamkorlikni kengaytiradi

Press-slujba Minenergo Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
127 0 0

Xabarda aytilishicha, muntazam muloqot va axborot bilan oʻz vaqtida almashib turish maqsadida Avstriyadagi Oʻzbekiston elchixonasi tuzilmasiga MAGATE bilan hamkorlik uchun masʼul boʻlgan diplomat lavozimi kiritilgan.

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Energetika vaziri oʻrinbosari, "Oʻzatom" agentligi bosh direktori Joʻrabek Mirzamahmudov  boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi 1-2 iyul kunlari Vena shahriga tashrif uyushtirdi, deb xabar qildi TIV matbuot-xizmati.

Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, delegatsiya Atom energetikasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori oʻrinbosari, garovlar departamenti direktori Massimo Aparo, yadro energiyasi boʻyicha divizion direktori Xan Doxi, yadro infratuzilmasini rivojlantirish sektsiyasi rahbari Milko Kovachev va agentlikning boshqa tarkibiy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazgan.

Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda yadro infratuzilmasi tarmogʻi rivojlanayotgan bir vaqtda mamlakatning MAGATE bilan hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilingan. Oʻzbekiston tomoni milliy yadro-energetik dasturning rivojlanish holati, xususan, birinchi AES qurilishi loyihasini amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash, shuningdek, normativ-huquqiy bazani rivojlanishi haqida maʼlumotlarni taqdim etgan.

Oʻzbekiston tomoni AESni joylashtirish uchun oʻtkazgan muhandislik qidiruv ishlari, atom energiyasi sohasida davlat boshqaruv organlari va ularni rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilik asoslarini takomillashtirish va boshqa yoʻnalishlarga alohida toʻxtalgan.

Xabarda aytilishicha, muntazam muloqot va axborot bilan oʻz vaqtida almashib turish maqsadida, Avstriyadagi Oʻzbekiston elchixonasi tuzilmasiga MAGATE bilan hamkorlik uchun masʼul boʻlgan diplomat lavozimi kiritilgan.

Oʻtkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakuniga koʻra, milliy yadro-energetika dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan va professional kadrlarni tayyorlash boʻyicha qator tadbirlar boʻyicha kelishuvga erishilgan. Bundan tashqari, "Oʻzatom" agentligi Avstriyadagi Oʻzbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda 2019-yilning sentyabrida oʻtkaziladigan 63-MAGATE Bosh anjumani doirasida alohida xalqaro tadbir (side event)ni tashkil etish boʻyicha ishlar boshlanishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular