12:31 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Avtobusы Yutong

Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishi mumkin

© Press-slujba Goskomturizma Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
235 0 0

Anqara shahrida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari boʻyicha oʻzbek-turk qoʻshma komissiyaning yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishi mumkin.

Oʻzbekiston transport vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Anqara shahrida  Xalqaro avtomobil tashuvlari  masalalari  boʻyicha  oʻzbek-turk qoʻshma komissiyaning yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligida boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirligi vakillari ishtirokida davlatlar oʻrtasida xalqaro yuk tashish hajmini oshirish muhokama qilingan.

Oʻzbekiston va Rossiyani beshta yangi avtobus yoʻnalishlari bogʻlaydi

Shuningdek, bu yoʻnalishda oʻzaro ruxsatnomalar berish tartibini takomillashtirish, yuk tashuvlari bilan bogʻliq statistik maʼlumotlarni oʻzaro almashish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikr almashilgan.

Xabarda davlatlar oʻrtasida muntazam avtobus yoʻnalishlarini ochish masalasi ham muhokama etilayotgani qayd etilgan.

Mirziyoyev mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda avtobus yoʻl haqini arzon qilishni buyurdi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkiya Oʻzbekiston avtotashuvchilari uchun kirish vizasini bekor qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular