08:52 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
69001

Havo kemasi amerika bazasidan uchib, Rossiyaning gʻarbiy qismi tomon yoʻnalish olgan. Moskva vaqti bilan 10:55 da samolyotni Kaliningrad chegarasi yaqinida payqashgan

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Amerika HHK Boeing RC-135V Rivet Joint radioelektron razvedka samoleti Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida razvedka ishlarini amalga oshirdi, deb xabar berdi PlaneRadar monitoring resursi.

Havo kemasi amerika bazasidan uchib, Rossiyaning gʻarbiy qismi tomon yoʻnalish olgan. Moskva vaqti bilan 10:55 da samolyotni Kaliningrad chegarasi yaqinida payqashgan. Oradan uch soat oʻtib, Boeing ortiga qaytgan.

Kaliningrad viloyatiga shved razvedkachi-samolyoti ham juda yaqin kelgan. PlaneRadar maʼlumotlariga koʻra, havo kemasi Boltiq dengizi akvatoriyasida razvedkani amalga oshirayotib, Rossiya chegarasi yaqinidan uchib oʻtgan.

Soʻnggi vaqtlarda chet el uchuvchisiz uchish qurilmalari va razvedkachi-samolyotlari Rossiya chegarasida tez-tez paydo boʻla boshladilar. Ularni Qora dengiz, Kaliningrad viloyati yaqini, shuningdek, Suriyadagi Rossiya bazalari yaqinida payqashmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi chaqiriqlariga qaramay, Vashington Rossiya sarhadlarida razvedkaga oid operatsiyalarni toʻxtatishdan bosh tortmoqda.

Asosiy mavzular