21:59 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Avtomobilnaya trassa v Tashkente

“Kaptiva”da uyidan chiqib ketib, bedarak yoʻqolgan 19 yoshli yigit topildi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Yangiliklar
Havola olish
1291 0 0

Avvalroq Toshkentda 19 yoshli fuqaro oʻzining “Kaptiva” rusumli avtomashinasida uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolganligini xabar qilingandi.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentda “Kaptiva” rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yoʻqolgan 19 yoshli yigit topildi.

IIV xabariga koʻra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida hamda fuqarolar bergan maʼlumotlarga asosan K.Usmonov Mirobod tumanida joylashgan Toshkent Temir yoʻl muhandislari instituti oldidan topilib, sogʻ-salomat oila aʼzolari bagʻriga qaytarilgan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

IIV ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda 19 yoshli yigit mashinada uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolganligini xabar qilingandi.

Asosiy mavzular