23:47 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Stroyaщayasya atomnaya elektrostantsiya. Illyustrativnoye foto

Oʻzbekiston atom sohasi uchun kadrlarni qanday tayyorlayapti

Sputnik
Yangiliklar
Havola olish
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)
61810

Yadroviy xavfsizlik sohasida vakolatli organlarni xodimlar bilan taʼminlash, xodimlarni oʻqitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish boʻyicha alohida davlat dasturi tayyorlangan. Hujjat avgust oxirida qabul qilinadi.

TOSHKENT, 23 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. 23-avgust kuni 21-yalpi majlis davomida Oʻzbekiston Respublikasi Senati tinch atom toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi. Ovoz berishdan oldin boʻlgan savol-javob va qizgʻin muzokaralarda senatorlar mutasaddilarga kadrlar masalasi, xavfsizlik va YAIF ilmiy salohiyati haqidagi savollar bilan murojaat etdilar.

V agentstve Uzatom proshla vstrecha s predstavitelyami MAGATE
Press-slujba Minenergo Uzbekistana

Xususan, sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi Baxtiyor Gʻulomov Oʻzbekiston AES uchun kadrlarni qay tarzda tayyorlayotgani haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Gʻulomovning aytishicha, oʻtgan yilning oʻzida Moskva muhandislik-fizika instituti (MIFI)ga 50 nafar bakalavriat va magistrantlar oʻqishga kirgan. Oʻn ikki nafar magistrant bir yildan keyin Oʻzbekistonga ishlash uchun qaytib keladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtgan yili Toshkentda MIFI filiali tashkil etilgan va joriy yil sentyabrdan OTM oʻz faoliyatini boshlaydi. Yadro energetikasi, yadro fizikasi va texnologiyalar, elektr energetika va issiqlik energetikasi (atom stantsiyalarda qoʻllaniladi) yoʻnalishlarining har biriga 25 nafardan jami 100 nafar talaba qabul qilinadi. Shuningdek, joriy yil Moskvaga bakalavriat yoʻnalishida tahsil olishlari uchun 3 nafar talaba yuborilmoqda.

Yadroviy xavfsizlik sohasida vakolatli organlarni xodimlar bilan taʼminlash, xodimlarni oʻqitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish boʻyicha alohida davlat dasturi tayyorlangan. Hujjat avgust oxirida qabul qilinadi.

"Bundan tashqari, bir yil oldin Rossiya Federatsiyasining xuddi bizning qoʻmitaga oʻxshash turdosh "Rostexnadzor" tashkiloti bilan oʻzaro hamkorlik anglashuv memorandumi imzolangan. Shu paytgacha toʻrt marotaba uchrashuvlar oʻtqazdik. Bu yil ikki nafar xodimimizni tajriba almashish uchun Moskvada yubordik, ular ham tajriba oʻrganib, qaytib keldi", - dedi sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi.

Gʻulomovning aytishicha, qoʻmita ayni vaqtda Oʻzbekistonda qurilishi moʻljallanayotgan AES rusumidagi atom elektrostantsiyalarida boʻlayotgan ishlarni oʻrganish, loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va keyinchalik ekspluatatsiyadan chiqarish tajribasini oʻrganish va tajriba almashish borasida Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi radiatsiya va yadroviy xavfsizlik departamenti bilan bitim tuzish arafasida. Hujjat yil yakuniga qadar imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston tomon xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan 2020-2021 yillarga maxsus vakolatli organlar uchun mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha alohida dastur qabul qilmoqda. Ushbu dastur asosida keyingi yildan boshlab ishlar davom ettiriladi. Joriy yilning oʻzida oʻzbekistonlik mutaxassislar MAGATEning 26ta tadbirlarida ishtirok etib, 50 nafardan ortiq mutaxassislar turli seminar va oʻquv kurslarida qatnashgan va maxsus sertifikatlarga ega boʻlishgan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi (23)

Asosiy mavzular