Sodiq Safoyev orden bilan taqdirlandi

© Press-klubPerviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Sadik Safayev
Perviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa Sadik Safayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Safoyevdan tashqari yana bir guruh shaxslar va davlat xizmatchilari, jumladan, O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov ham ushbu orden bilan taqdirlangan

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi. Tegishli hujjat "O‘zA"da e’lon qilingan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev kadrlarni almashtirdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-iyun kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev faoliyatini boshqa senatorlarga o‘rnak qilib ko‘rsatgan edi.

Mirziyoyev o‘shanda "katta hayotiy va senatorlik tajribasiga ega Sodiq Safoyev xorijiy davlatlar parlamentlari va xalqaro tashkilotlar bilan ko‘pqirrali va samarali hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, mamlakatda olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi tub islohotlarning ma’no-mazmunini jahon jamoatchiligiga yetkazishda jonbozlik bilan faoliyat ko‘rsatmoqda", - deya alohida ta’kidlab o‘tgan edi.

Safoyevdan tashqari yana bir guruh shaxslar va davlat xizmatchilari, jumladan, O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov ham ushbu orden bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0