07:19 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Tashkentskiy universitet informatsionnыx texnologiy

Toshkentlik tadbirkor TATU hududida miting oʻtkazdi

Press-slujba prezidenta RUz
Yangiliklar
Havola olish
176820

Universitetda faoliyat yuritayotgan xodimlar, talabalar ushbu "namoyish"ni keskin qoralamoqda

TOSHKENT, 6 sen - Sputnik. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) rahbariyati toʻrtinchi sentyabr kuni oʻz hududida kantselyariya mollarini sotuvchi xususiy tadbirkor A.T.Abduvaxidov va uning 5 nafar oila aʼzolari tomonidan qonunga zid ravishda oʻtkazilgan miting toʻgʻrisida tushuntirish berdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Maʼlum boʻlishicha, tadbirkorga 2018 yilda TATU yoʻlaklari va oʻtish joylarida qogʻoz va turli kantselyariya tovarlari bilan savdo qilish, kserokopiya va shu kabi ishlar bilan shugʻullanishga ruxsat berilgan. 2019 yilning iyunida tadbirkorga universitet hududidan joy taklif qilingan, ammo unga yoʻlaklarda savdo qilish yoqib qolgani tufayli, u bu taklifni eʼtibordan chetda qoldirgan.

2018-2019 oʻquv yilida universitet rahbariyati berilgan taklifni rad etgani uchun tadbirkor bilan ijara shartnomasini imzolamagan.

Shundan soʻng Abduvaxidov oʻz oila aʼzolari bilan universitet rektori qabulxonasiga ruxsat etilmagan holda "bostirib" kirib, u yerda toʻpolon koʻtargan. Uning farzandlari mazkur jarayonni oʻzlarining qoʻl telefonlariga video tarzida tasvirga tushirdi va ijtimoiy tarmoqlarga, kerak boʻlsa Ozodlik, Amerika ovozi, Bi-Bi-Si kanallariga berishlarini taʼkidlaganlar.

Soʻngra ular universitet binosi oldiga chiqib, plakatlar koʻtarib "namoyish" uyushtirishgan hamda universitet faoliyatiga oid, yaʼni "oʻqish sifati past" kabi gaplarni oliygoh hovlisida talabalar eʼtiborini tortadigan darajada baland ovozda baqirib aytgan va jamoat tartibini buzdilar.

Universitet tadbirkor A.T.Abduvaxidovning ushbu hatti-harakati Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi soliq qonunchiligi va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi tegishli qonunchilik normalariga zid keladi, deb hisoblaydi.

Shu bilan birga tadbirkor A.T.Abduvaxidov va uning oila aʼzolari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning rahbariyati shaʼniga, putur yetkazgan, deb biladi.

Universitetda faoliyat yuritayotgan xodimlar, talabalar ushbu "namoyish"ni keskin qoralamoqda.

Asosiy mavzular