05:52 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Yangiliklar
Havola olish
47420

MOMIH mamlakatlarining 2030 yilgacha umumiy energetika strategiyasini ishlab chiqish va BMTning barqaror rivojlanish sohasida "toza energiyadan foydalanishga erishish" haqida gapirilgan yettinchi maqsadiga erishish borasida hamkorlik qilish majburiyatlari aks etgan

TOSHKENT, 20 sen - Sputnik. Oʻzbekistonning quyosh va shamoldan olinadigan elektr energiyasi bilan bogʻliq ulkan rejalari bor, dedi bugun Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning energetika vazirlari uchrashuvida Oʻzbekiston Energetika vaziri Alisher Sultonov.

"Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari oʻz oldiga katta maqsadlarni qoʻymoqda. Oʻzbekiston moliyaviy va ekologik jihatdan barqaror energiya sanoatini rivojlantirish tarafdoridir. Biz oʻz maqsadimizga erishish uchun MOMIH mintaqasining boshqa davlatlari va xalqaro moliya manbalari bilan ishlashdan umidvormiz. 2030 yilga kelib Oʻzbekistonda elektr energiya manbalari umumiy quvvatining 25%i quyosh va shamol elektr stantsiyalari ulushiga toʻgʻri kelishi kerak", – dedi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov. 

MOMIH mamlakatlarining 2030 yilgacha umumiy energetika strategiyasini ishlab chiqish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasida "toza energiyadan foydalanishga erishish" haqida gapirilgan yettinchi maqsadiga erishish borasida hamkorlik qilish majburiyatlari aks etgan.

Yangi Energetika strategiyasi MOMIH-2030 Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Strategiyaning maqsadi 2030 yilgacha BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibiga muvofiq mintaqada ishonchli, barqaror, isloh qilingan energiya bozorlarini yaratishdir.

MOMIH dasturi Osiyo taraqqiyot banki tashabbusi bilan 2001 yilda tashkil etilgan boʻlib, iqtisodiy oʻsishni jadallashtirish va umumiy rivojlanish maqsadida hamkorlik qilish boʻyicha 11 mamlakat va hamkorlarning birgalikdagi faoliyatini namoyon etadi. Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Afgʻonistan, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Mongoliya, Pokiston, XXR, Tojikiston, Turkmaniston mazkur tashkilotning aʼzolari hisoblanadi.

Asosiy mavzular