Samarqand aeroporti yangi terminali qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi - foto

© YouTubeKak budet viglyadet noviy terminal aeroporta Samarkanda - foto
Kak budet viglyadet noviy terminal aeroporta Samarkanda - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shimcha terminal xalqaro talablarga to‘laligicha javob beradi va soatiga 600 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroporti yangi terminali loyihasini tanladi, deb xabar berildi "O‘zbekiston 24" telekanalining "Yangiliklar 24" dasturida.

Aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shveysariya kompaniyasi Toshkentdagi yangi aeroport terminalini quradi

"Qo‘shimcha terminal dizayni o‘tmish va kelajak sintezini o‘zida mujassamlashtiradi, shuningdek, xalqaro talablarga javob berib, soatiga 600 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi", - deyiladi xabarda.

Avgust oyida Samarqand aeroporti ta’mirlash ishlaridan keyin ochilgan edi. Aerobandargohning to‘liq rekonstruksiyasi 2022-yil bahorida - Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida yakunlanishi kutilmoqda.

Sal oldin Samarqand viloyatidagi 13 ta obyekt atrofida bepul va pulli Wi-Fi zonalari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Bepul Wi-Fi xizmati temir yo‘l vokzallarida tashkil etilgan bo‘lsa, pulli va bepul Wi-Fi zonalari Samarqand xalqaro aeroporti va yana o‘ndan ziyod obyektlarda tashkillashtirilgani aytilgandi.

Yangiliklar lentasi
0