13:01 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
25410

Toshkent teleminorasi 1991 yilda dunyoning eng ulkan minoralari federatsiyasi tarkibiga kirgan va 200 minoralar orasida 11-oʻrinni egallagan

TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Tez orada Toshkent teleminorasiga kirishda pasport tizimi bekor qilinishi kutilmoqda, deb xabar berdi poytaxt hokimligi Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati.

Toshkent teleminorasi 1991 yilda dunyoning eng ulkan minoralari federatsiyasi tarkibiga kirgan va 200 minoralar orasida 11-oʻrinni egallagan. Bugungi kunda minora Markaziy Osiyodagi yagona va eng baland bino hisoblanadi. Obʼyekt shu bois ham turistlarga gavjum.

Maʼlumki, Toshkent teleminorasi davlat ahamiyatiga molik strategik obʼyekt hisoblanib, uning ichiga kiraverishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish lozim. Ammo baʼzi hollarda turistlar bu yerga zarur hujjatsiz keladilar va shu bois, ularning minorani tashqi tomondan tomosha qilishdan boshqa ilojlari qolmaydi. Bu holat esa koʻpincha turistlar noroziligini keltirib chiqaradi.

Poytaxtning turistik salohiyatini kengaytirish va turistik obʼyektlarni zamonaviy texnika bilan jihozlash natijasida, tez orada Toshkent teleminorasiga kirishda pasport rejimini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular