12:34 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Pogibshiy pogranichnik Izatulloi Abubakr

Oʻzbek-tojik chegarasida halok boʻlganlar ismlari aytildi

Facebook / Izatulloi Abubakr
Yangiliklar
Havola olish
155010

Yigirmaga yaqin qurollangan shaxslar Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasidagi "Ishkobod" chegara qismiga hujum uyushtirgan, ularning 15 nafari yoʻq qilingan edi.

TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Tojik-oʻzbek chegarasida yuz bergan hodisa vaqtida halok boʻlgan kuch tuzilmalari vakillari ismlari maʼlum boʻldi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston oʻz manbasiga tayanib.

Oʻldirilganlardan biri - chegara qoʻshinlari xizmatchisi Izzatullo Abubakr, Dushanbedagi Zarafshon tumanidagi xalq orasida Mullo Abubakr sifatida tanilgan taniqli diniy arbob - Abubakr Latipovning oʻgʻli.

U 26 yoshda edi. Qarindoshlarining soʻzlariga koʻra, Izzatullo yaqinda uylangan.

Hujum vaqtida halok boʻlgan ikkinchi shaxs - militsiya xodimi Bahrom Shahzoda ekanligi maʼlum boʻldi. U Rudaki tumani Esanboy qishlogʻida tuman uchastka militsioneri lavozimini egallagan.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin 20ga yaqin qurollangan shaxslar Oʻzbekiston-Tojikiston chegarasidagi "Ishkobod" chegara qismiga hujum uyushtirdi, ularning 15 nafari yoʻq qilindi.

Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xabariga koʻra, qoʻlga olingan "ID" jangarilari ular teraktni rejalashtirishganini tan olganlar. Ayni vaqtda hodisa yuz bergan joyda tezkor-tergov guruhi tuzilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

* "Islom davlati" (ISHID, ID) — RFda taʼqiqlangan terroristik tashkilot.

Asosiy mavzular