18:53 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
179 0 0

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

TOSHKENT, 7 noyab – Sputnik. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Yoʻriqnomaga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda tugʻilishni qayd etish muddati oʻtkazib yuborilganda 16 yoshgacha boʻlgan bolaning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini olish uchun ariza quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:

-  bolaning ota-onasi;

- ota-onaning qonuniy nikohi mavjud boʻlgan hollarda ulardan biri;

- ishonchnoma asosida boshqa manfaatdor shaxs;

- ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari.

Ilgari bunday ariza faqat bolaning ota-onasi tomonidan taqdim etilishi mumkin boʻlgan.

Bundan tashqari, endilikda dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirishlar, tuzatishlar va qoʻshimchalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma va ariza asosida amalga oshirilishi mumkin boʻldi.

Ilgari dalolatnoma yozuvlariga ishonchnoma orqali oʻzgartirish kiritish mumkin boʻlmagan.

DXA gerbli guvohnomalarni toʻldirishga oid savollarga oydinlik kiritdi

Asosiy mavzular