17:43 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Lampы

Oʻzbekistonning ayrim hududlarida vaqtincha "svet" boʻlmaydi – roʻyxat

© Sputnik / Marina Lыstseva
Yangiliklar
Havola olish
431 0 0

Toshkent shahrining Yashnobod tumani hamda Namangan va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida vaqtincha uzilish boʻladi.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik.  Bugun, 12 noyabr kuni, Toshkent shahrining Yashnobod tumani hamda Namangan va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida vaqtincha uzilish boʻladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yashnobod tumanining “Donishmand” mahallasidagi “Zumrad”, “Husnobod”, “Shohimardon” va “Muruvvat” koʻchalarida, hamda “Shirinobod” mahallasining “Marv” koʻchasidagi aholi xonadonlarida bugun 12 noyabr kuni soat 10:00 dan soat 17:00 ga qadar elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar boʻladi.

Tumanning “Tuzel” mahalla hududidagi 3366-sonli transformator punktida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli, (40 let) mavzesining 2 kvartalida 2, 4, 5, 6, 13- koʻp qavatli aholi xonadonlarida;

Shuningdek, “Nodirabegim” mahallasi hududidagi 1858-sonli transformator punktiga qarashli past kuchlanishli havo liniyalarida 0,4 SIP simlarini yangi tizimga ulash ishlari olib borilishi sababli, ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida “Zumrad”, “Husnobod”, “Shohimardon” va “Muruvvat” koʻchalarida, hamda “A.Yassaviy” mahalla koʻchalaridagi elektr simlarini daraxt shox-shabbalaridan tozalab tartibga keltirish maqsadida, ishlarni xavfsiz bajarish uchun aholi xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqtincha oʻchiriladi. 

Andijon tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Oxunboboyev” hamda “Kamolot” podstantsiyalarida mukammal taʼmirlanish ishlari olib borilishi sababli, Andijon shahri va tumanidagi “Yangi hayot”, “A.Bakirov”, “Abdulla Ahmedov”, “Bogʻishamol”, “Joxonobod”, “Zavroq”, “Ogʻullik”, “Bogʻi Bobur”, “Shoʻrbuloq”, “Jevachi”, “Guzar”, “Buyuk Turon”, “Tadbirkor” mahalla fuqarolar yigʻini hududlarida yashovchi aholi xonadonlari elektr taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻladi. 

Pop tumanidagi 35/6 kVli “Pop shahar” nimstantsiyasida rejali mukammal taʼmirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Pop tumanining “Hazratibob”, “Tinchlik”, “Uchboʻlar”, “Navoiy”, “H.Olimjon”, “Ipak yoʻli”, “A.Qahhor”, “Mustaqillik” va “Chinor” MFYlar hududlarida. 

Mingbuloq tumanidagi 35/10 kVli “Oq qum” nimstantsiyasida rejali mukammal taʼmirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Mingbuloq tumanining “Oq qum” MFY hududida.

Chortoq tumanidagi 35/10 kVli “Alixon” nimstantsiyasida rejali mukammal taʼmirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar, Chortoq tumanining “Saroy”, “Qoramurut”, “Isroilov” va “Bodomzor” MFYlar hududlarida isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar boʻladi.

Asosiy mavzular