12:40 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
117 0 0

Ertaga poytaxtning Bektemir va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarida vaqtincha gaz taʼminoti boʻlmaydi.

TOSHKENT, 13 noya – Sputnik. 14 noyabr kuni soat 8:00 dan 19:00 gacha poytaxtning Bektemir va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarida vaqtincha gaz taʼminoti boʻlmaydi. 

Toshkent shahar hokimligi xabarida yozilishicha, ushbu hududlarda vaqtincha gaz boʻlmasligi Yashnobod tumanida yer osti yuqori bosimdagi gaz quvurining 820 metr qayta oʻtkazilgan qismini ishga tushirish uchun ulash ishlari bilan bogʻliq.

Bektemir tumani: TXAY AGNKS GNS, TXAY AGNKS “Gold gaz”, TXAY AGNKS “Saida servis”, TXAY “Oʻt oʻchirish qismi”, TXAY “Artel” zavodi.

Yashnobod tumani: “Tuzel 2,3,4” mavzelari, “Aerodrom” mavzesidagi 80 ta xususiy xonadon, TXAY “DSK-1”, TXAY “MJBK”, TXAY koʻchasidagi ulgurji isteʼmolchilar, TXAY, AGNKS “Inter mobil gaz” , Izzat koʻchasi “7-IM”, Ohangaron koʻchasidagi “Saxovat non”, Temirchi koʻchasidagi ulgurji isteʼmolchilar, “LIS” (Lyotnaya ispыtatelnaya stantsiya), “LINKS” MCHJ QK, “Original texnologiya” MCHJ , “Midl aziya rotoplast” MCHJ , AGNKS -2 (Raxshona), “Hududgaz Toshkent” MCHJ.

Asosiy mavzular