16:31 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Toshkent va Tehron oʻrtasida aviareyslar yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Yangiliklar
Havola olish
143 0 0

Dastlabki bosqichda aviakompaniya haftasiga 1 marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga 2 martaga yetkaziladi

TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Eronning Zagros Airline aviakompaniyasi joriy yil dekabr oyidan boshlab Toshkentga muntazam ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri parvozni amlaga oshira boshlaydi.

Oʻzbekiston fuqarolik aviatsiyasi agentligi xabariga koʻra, Eronning Zagros Airline aviakompaniyasi 11 noyabr kuni Tehron-Toshkent-Tehron yoʻnalishida toʻridan-toʻgʻri reyslarni amalga oshirishga ruxsat olgan.

Dastlabki bosqichda aviakompaniya haftasiga 1 marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga 2 martaga yetkaziladi, deya aniqlik kiritadi OʻzA

"Zagros Airlines" aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni Airbus A-320, McDonnell Duglas MD-82 va MD-83 samolyotlarida amalga oshirishi aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil boshida Oʻzbekiston TIV rahbari oʻrinbosari Dilshod Axatov Eron Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahman Ogʻoroziy Doʻrmoniy bilan uchrashgan va Toshkent va Tehron oʻrtasida aviaqatnovlarni qayta yoʻlga qoʻyishni muhokama qilgan edi.

Toshkent va Tehron oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni qayta yoʻlga qoʻyish, oʻzaro yetkazib beriladigan tovarlar nomenklaturasini kengaytirish va ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, shuningdek investitsion hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlangan edi.

Asosiy mavzular