17:00 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Strategicheskiy razvedыvatelnыy bespilotnыy letatelnыy apparat VVS SSHA RQ-4 Global Hawk

Amerika droni Rossiya chegaralarida razvedka oʻtkazdi

U.S. Air Force / Airman 1st Class D. Blake Browning
Yangiliklar
Havola olish
744 0 0

Joriy haftada, "Krasnaya gazeta" maʼlumotlariga koʻra, Rossiya sarhadlarida 23ta uchar apparatlarni roʻyxatga olishgan. Havodan hujumga qarshi kuchlari navbatchi qiruvchilari chegara buzilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 16 marotaba osmonga koʻtarilgan

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Amerika strategik razvedkani amalga oshiruvchi uchuvchisiz uchish qurilmasi Rossiya chegaralarida razvedka oʻtkazdi, bu haqda PlaneRadar resursi materiallarida aytilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Portal maʼlumotlariga koʻra, AQSH HHK qarashli boʻlgan 11-2048 bort nomeriga ega RQ-4B-40 Global Hawk (FORTE10) deb nomlanuvchi uchuvchisiz uchish qurilmasi NATOning Sitsiliya orolidagi Sigonella aviabazasidan havoga koʻtarilgan.

Moskva vaqti bilan 9:25 da dron Leningrad va Pskov viloyatlari chegarasi boʻylab razvedkani amalga oshirgan. Parvoz 16 kilometr balandlikda va soatiga 600 km tezlikda amalga oshirilgan.

Chet el uchar apparatlari Rossiya chegarasi yaqinida tez-tez razvedkani amalga oshiradilar. Ularni koʻpincha Qrim va Krasnodar hududi yaqinida, Boltiq dengizi ustida va Suriyadagi Rossiya Mudofaa vazirligi bazalari ustilarida qayd etishadi.

Joriy haftada, "Krasnaya gazeta" maʼlumotlariga koʻra, Rossiya sarhadlarida 23ta uchar apparatlarni roʻyxatga olishgan. Havodan hujumga qarshi kuchlari navbatchi qiruvchilari chegara buzilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun 16 marotaba osmonga koʻtarilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi amerika qoʻmondonligini koʻplab marotaba bu singari razvedka operatsiyalarini oʻtkazishni toʻxtatishga chaqirgan, lekin Pentagon bu talabni bajarishdan voz kechmoqda.

Asosiy mavzular