21:04 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Yangiliklar
Havola olish
56730

Tojikiston oʻz ziyoratchilarini Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro va Toshkent singari shaharlarini aylantirib, soʻngra joriy etilgan reyslar orqali umra ibodatlariga yoʻnaltirmoqchi

TOSHKENT, 11 fev - Sputnik. Tojikiston musulmonlari idorasi qoshidagi ikkita vakolatli shirkat Oʻzbekiston din ishlari boʻyicha qoʻmitaga "Umra+" tadbirlarini hamkorlikda tashkil etish boʻyicha taklif bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Muzaffar Komilovga tayangan holda.

"Tojikiston Respublikasidan bir xat keldi "Umra+" ziyoratlarini shakllantirish boʻyicha. Keyin aniqlashtirsak, bu Tojikiston musulmonlari idorasi qoshidagi ikkita vakolatli shirkat tomonidan yoʻllangan xat ekan. Unda ziyoratchilarni Oʻzbekistonga olib kelib, Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarini aylantirib, soʻngra joriy etilgan reyslar orqali umra ibodatlariga yoʻnaltirsak, degan taklif bildirilgan", - dedi Komilov.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston tomoni ushbu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan va u hozirda oʻrganib chiqilmoqda.

"Natijalarini xalqimiz manfaati nuqtai-nazaridan hal qilamiz", - deb qayd etdi Komilov.

Asosiy mavzular