23:21 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
520 0 0

Qashqadaryoda oʻtkaziladigan "Lola va kabob" festivali ishtirokchilari havo sharlarida 5 daqiqa davomida bepul parvoz etishlari uchun sharoit yaratilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 11 fev - Sputnik. Qashqadaryoda oʻtkaziladigan "Lola va kabob" festivalida 20ta havo shari uchiriladi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi axborot xizmati.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Gastronomik Turizmi assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Aeronavtika Federatsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangan.

Oʻzaro hamkorlikning ilk bosqichi sifatida, aprel oyida Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida oʻtkaziladigan "Lola va kabob" festivalida 100 nafar Xalqaro toifadagi xorijlik havo shari uchuvchilari "Lola va kabob" festivalining ochilish marosimida 20ta havo sharida uchishlari kutilmoqda.

Parvoz davomida shou tarzida tomosha koʻrsatishlari, shuningdek, festival ishtirokchilari havo sharlarida 5 daqiqa davomida bepul parvoz etishlari uchun sharoit yaratilishi kutilmoqda.

Assotsiatsiyasi va Federatsiya oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik orqali kelajakda Gastromomik festivallarda havo sharlari uchirilishini yoʻlga qoʻyish va boshqa bir qator loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

 

Asosiy mavzular