21:04 06 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
148330

Qozogʻiston tashqi siyosiy idorasi izohiga koʻra, talabalarning ommaviy qaytarilishi Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning bayonoti bilan bogʻliq

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi oʻzbekistonlik talabalarning mamlakatdan ommaviy qaytishlari holatiga izoh berdi. Sputnik Qozogʻiston xabari asosida.

Tashqi siyosiy mahkamada aniqlik kiritilishicha, Qozogʻiston TIV Oʻzbekiston tomonidan rasmiy murojaat olgan. Unda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev barcha oʻzbek talabalarini vatanga qaytishga chaqirgani aytilgan.

"Oʻzbek talabalariga yoʻllangan chorlov qoʻshni respublikada taʼlim tizimining isloh qilinishi bilan bogʻliq. Hozirda Oʻzbekistonda chet elda, asosan Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda tahsil olayotgan barcha talabalar, ular oʻz oʻqishlarini vatanda, ota-onasining yonida davom ettira olishlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratilmoqda", - dedi Qozogʻiston TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston oliygohlarida ayni vaqtda vatandoshlar uchun kvotalar va grantlar soni koʻpaytirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi fevral oyining boshida qoʻshni davlatlardagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolari hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishlari mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Qoʻshni davlatlardan oʻqishni koʻchirish muddati 15 kunga uzaytirildi >>>

Ilgarilari oʻzbek talabalarida bunday imkoniyat boʻlmagan. Koʻngilli ravishda oʻqishni koʻchirish qarori, talabalar ota-onalari tomonidan oʻz farzandlariga moddiy yordam yuborishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar tufayli qabul qilingan. Bundan tashqari, talabalarning ota-onalari qoʻshni mamlakatlardagi oliy dargohlardagi taʼlim sifatidan ham norozi boʻlganlar.

Asosiy mavzular