03:11 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)
3273 0 0

Shifokor kasallikdan tuzalgan bemorlarga, to oʻpka oʻzini tiklab olishi uchun suzish bilan shugʻullanishni tavsiya etmoqda.

TOSHKENT, 14 mar – Sputnik. Yangi turdagi koronavirusdan davolangach bemorlarda oʻpka funktsiyalari yomonlashuvi kuzatilishi va ular tez qadam bosganda nafas yetishmovchiligidan qiynalishlari mumkin, deb xabar berdi Gongkong kasalxonalar muassasasi boshqarmasi.

Ushbu xulosa koronavirusdan davolangan 12 nafar bemor holati ustidan oʻtkazilgan tadqiqotlarga asoslangan. Malika Margaret nomidagi kasalxonaning yuqumli kasalliklar markazi rahbari Ouen Tszenning aytishicha, bemorlar orasida ikki yoki uch nafari bundan avval bajargan ishlarini bajara olmay qolgan.

"Tez qadam tashlaganda, ularning nafas olishi yomonlashmoqda. Ayrim bemorlarda, ular tuzalganidan soʻng, oʻpka funktsiyasining 20-30 foizga pasayishi kuzatilishi mumkin", - deya shifokor soʻzlarini keltirib oʻtgan South China Morning Post nashri.

Uning aytishicha, bemorlarning oʻpka funktsiyalari naqadar zaiflashganini aniqlash uchun koʻrik davom ettiriladi. Shuningdek, oʻpkani mustahkamlash maqsadida ularga fizioterapiya tavsiya qilinadi.

Ouen Tszenga koʻra, COVID-19 - oʻpka fibrozi rivojlanishiga turtki boʻla oladimi-yoʻqmi, shuni ham oʻrganish maqsad qilingan.

Shifokor kasallikdan tuzalgan bemorlarga, to oʻpka oʻzini tiklab olishi uchun suzish bilan shugʻullanishni tavsiya etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus - Covid-19 epidemiyasini pandemiya, deb eʼlon qildi. Dunyoning 130ta davlatida ushbu virusdan bemorlanganlar soni 140 mingdan oshib ketgan, ularning aksariyati sogʻaygan, ammo besh mingdan ortigʻi vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)

Asosiy mavzular