11:41 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
1176 0 0

Ushbu koronavirus biz uchun yangi, shuning uchun uning mamlakatga kirib kelishi va uning tarqalishi yoʻlini, uning oʻzgarishini aniqlash juda muhimdir, deydi mutaxassislar

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Rossiyalik olimlar koronavirus genomini toʻliq oʻrganishga muvaffaq boʻlishdi, deya xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayangan holda RIA Novosti.

A. A. Smorodintsev nomidagi Gripp ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari COVID-19ga chalingan bemorning materialidan SARS-CoV-2 koronavirusining birinchi toʻliq genomi ketma-ketligini ajratib olishdi, deyiladi xabarda.

"Ushbu koronavirus biz uchun yangi, shuning uchun uning mamlakatga kirib kelishi va uning tarqalishi yoʻlini, uning oʻzgarishini aniqlash juda muhimdir. Ushbu maʼlumotlar koronavirusni davolash uchun vaktsinalar va viruslarga qarshi dori-darmonlarni ishlab chiqishda yordam beradi", - dedi institut direktori vazifasini bajaruvchi, meditsina fanlari doktori Dmitriy Lioznov.

11 mart kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Xitoydan tarqalgan COVID-19 koronavirus infektsiyasi epidemiyasini pandemiya deb eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, virus dunyoning 160 mamlakatida 200 mingdan ortiq kishilarga yuqqan. Ularning sakkiz mingdan ortigʻi vafot etdi.

Rossiyada koronavirus infektsiyasi bilan zararlanishning 147 holati qayd etildi.

Asosiy mavzular