09:30 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (886)
555 0 0

Politsiya aybdorlarni qoʻlga olgan va bu bugungi vaziyatda yuzaga kelgan birinchi holat emasligini tasdiqlagan.

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya poytaxti Londonda olti nafar shaxs alkogolli ichimliklarni oʻmarish maqsadida doʻkon vitrinasini sindirdi, deb xabar qilmoqda Daily Mail.

Bugungi kunga kelib, shaharning koʻplab supermarketlari boʻshab qolgan, aholi zaxira uchun oziq-ovqatlar xarid qilmoqda.

Hukumat tanqislik mavjud emasligi, vahimaga berilib, oziq-ovqatni ortigʻi bilan xarid qilmaslik kerak, deya daʼvat qilsada, odamlardagi vahima kayfiyati susaymagan.

Ushbu tarang vaziyat bir nechta marodyorlik holatlarini yuzaga keltirgan.

Olti nafar marodyor spirtli ichimlik doʻkonidan ustki kiyimlari ichida alkogol ichimliklarini olib chiqib ketishga uringanlar. Doʻkon xodimlarining marodyorlarga qarshilik koʻrsatishga uringanligi, talonchilarni yanada gʻazablantirib yuborgan: jinoiy guruh qochib ketgan, ammo chiqish oldidan doʻkon vitrinasini sindirishga ulgurishgan.

Politsiya aybdorlarni qoʻlga olgan va bu bugungi vaziyatda yuzaga kelgan birinchi holat emasligini tasdiqlagan.

Soʻnggi kunlarda xuddi shunday ayblovlar bilan toʻrtta qoʻlga olinish holati roʻy bergan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirusini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. Dunyoning 166ta mamlakatida 207 mingdan ziyod kishi ushbu virusni yuqtirgan, 8,6 mingdan ziyodi vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (886)

Asosiy mavzular