04:52 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Yangiliklar
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
3291 0 0

Lapaning maslahatiga koʻra, qoʻllar sovunlab yuvilgach, tarkibida vitamin F boʻlgan himoyalovchi kremni surkash lozim.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Virusli infektsiyalarga qarshi eng yaxshi kurashuvchi sovun - bu bolalar sovuni va 72%li xoʻjalik sovunidir, dedi "Moskva 24" telekanali efirida terapevt-shifokor Lyudmila Lapa.

Mutaxassis soʻzlariga koʻra, aynan shu turdagi sovunlarda virus va bakteriyalarni samarali yuvib tashlaydigan komponentlar mavjud. Shu bilan bir vaqtda, qoʻllarni 20 soniyadan kam boʻlmagan vaqt davomida sovunlash lozim, deya eslatadi tibbiyot xodimi.

Lapaning maslahatiga koʻra, qoʻllar sovunlab yuvilgach, tarkibida vitamin F boʻlgan himoyalovchi kremni surkash lozim.

"Bunda virus krem qatlamining ustiga qoʻnadi, soʻngra uni yuvib tashlash oson boʻladi", - deydi shifokor.

Mikrobiolog Yevgeniy Plisov esa bolalar sovuni taʼsirchan teriga ega odamlarga mosligini aytadi.

Oʻz navbatida, vrach-immunolog Vladislav Jemchugov, bakteritsid qoʻshimchalarsiz sovundan foydalangan taqdirda ham, koronavirusning yogʻli sirtqi qatlami yoʻq qilinishini qoʻshimcha qiladi. Shu bois, oddiy yoki antibakterial sovundan foydalanish printsipial ahamiyat kasb etmaydi, deya tushuntiradi mutaxassis.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni Xitoydan butun dunyoga tarqalib ketgan yangi koronavirus epidemiyasini pandemiya, deb eʼlon qildi. JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus sal keyin infektsiya oʻchogʻi epimarkazi XXRdan Yevropaga koʻchganini aytdi. Oxirgi haftalarda Italiya, Eron, Janubiy Koreya, Frantsiya, Ispaniya va Germaniyada xavfli holatlar kuzatilmoqda.

Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, COVID-19ga chalinish holatlari 160dan ziyod mamlakatlarda aniqlangan, virus bilan 341 mingdan ziyod odamlar bemorlangan, ularning 14 765 nafari halok boʻlgan, 99 ming nafarga yaqini tuzalgan. Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 46 nafar, deb eʼlon qilingan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular