09:51 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)
1072 0 0

Ushbu infektsiya Rossiyada boʻlib qaytgan ikki fuqaro va yana biri esa Turkiyada boʻlib qaytgan bemorning turmush oʻrtogʻida aniqlangan — Sogʻliqni saqlash vazirligi

TOSHKENT, 24 mar - Sputnik. Ayni paytgacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

"Ushbu infektsiya Rossiyada boʻlib qaytgan ikki fuqaro va yana biri esa Turkiyada boʻlib qaytgan bemorning turmush oʻrtogʻida aniqlangan", deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Eslatib oʻtamiz, sal avval Butunjahon sogʻlikni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus yangi turdagi koronavirus pandemiyasi tarqalishi tezligi oshayotgani, dunyo boʻyicha 300 mingdan ziyod holat kuzatilgani haqida bayonot bergan edi.

Gebreyesus axborotiga koʻra, birinchi qayd etilgan holatdan 100 minginchi holatga qadar 67 kun oʻtgan boʻlsa, oradan yana 11 kun oʻtib, 200 minginchi koʻrsatkich qayd etilgan va yana 4 kundan soʻng ushbu raqamlar 300 mingga yetgan.

BSST bosh direktori mamlakatlar tomonidan kiritilgan qatʼiy choralar koronavirus tarqalishi tezligini pasaytirishini, ammo himoya vositalari va materiallar ishlab chiqarilishi tanqisligini yuzaga keltirishi mumkinligini aytib, ogohlantirgandi.

Gebreyesus shuningdek, COVID-19ga qarshi sinovdan oʻtkazilmagan dorilarni qoʻllash xavfiga eʼtibor qaratdi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)

Asosiy mavzular