05:28 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Yangiliklar
Havola olish
206 0 0

Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020 yilning 24 mart kunidan boshlab toʻxtatilganligi munosabati bilan yalpi majlis videokonferentsaloqa shaklida oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 24 mar - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 2020 yil 24 mart kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida oʻz ishini boshlaydi. Bu haqda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.

"Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash va koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020 yilning 24 mart kunidan boshlab toʻxtatilganligi munosabati bilan yalpi majlis videokonferentsaloqa shaklida oʻtkaziladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Senat raisi Tanzila Narbayeva Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi deputatlari va Senati aʼzolari ishtirokida yigʻilishda soʻzlagan nutqida koronavirus atrofidagi vaziyatga toʻxtalar ekan, "xalqimiz bilan birlashib, shu sinovni ham yengamiz", deya taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular