05:34 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Yangiliklar
Havola olish
416 0 0

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 25 mart ertalab koronavirus bilan bemorlanganlar soni 55 nafarni tashkil etdi. Ushbu bemorlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolash muolajalarini olmoqda.

TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiy niqoblarni taqishda qoidalarga rioya qilmayotgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Doka niqoblardan foydalanish, odamlar bilan muloqotda boʻlganda masofani ushlash kerakligini qayta-qayta eslatyapmiz. Shunga qaramay, doka niqoblarni taqishga yuzaki qarash, bu niqoblarni taqish qoidalariga rioya qilmaslik, shunchaki boʻyniga, ogʻziga yoki iyagiga ilib qoʻyish holatlari uchrayapti", - deydi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.

Taʼkidlanishicha, qachonki virus bir odamdan ikkinchi odamga yuqishi davom etarkan uning kasallik chaqirish qobiliyati ortib boradi. Kasallikni keyin yuqtirib olgan bemorda ogʻir kechishi, ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Otabekov, bugundan boshlab, doka niqoblarni, himoya vositalarini taqmaganlarga nisbatan jazo qoʻllanilishi belgilab qoʻyilganini eslatib oʻtdi.

"Har bir fuqaro oʻz salomatligi, oilasi, yaqinlari salomatligi uchun masʼul ekanini, qolaversa respublikada epidemik vaziyatni barqaror ushlash boʻyicha ham har bir shaxs masʼul ekanini yana bir bor eslatib oʻtmoqchiman", - deb qoʻshimcha qiladi epidemiolog va bu kasallikdan hech kim kafolatlanmaganini, aytib, ehtiyot boʻlishga chorlaydi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 25 mart ertalab koronavirus bilan bemorlanganlar soni 55 nafarni tashkil etdi. Ushbu bemorlarning barchasi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolash muolajalarini olmoqda. Mazkur institut rahbariyati maʼlumotiga koʻra, hozirgi daqiqalarda 13 nafar bemorda oʻpka yalligʻlanishi – pnevmoniya alomatlari kuzatilyapti. Bemorlardan 4 nafarining ahvoli ogʻir deb baholanmoqda. Ular intensiv-terapiya muolajalari olmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davolash profilaktika muassasalarida, profilaktoriyalarida, sanatoriyalarida tashkil etilgan maxsus izolyatorlarda hammasi boʻlib 20 mingdan koʻproq fuqaro karantin tadbirlarini oʻtayapti. Ular tibbiy kuzatuvga olingan.

Asosiy mavzular