19:07 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)
1511 0 0

Ayni paytgacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 59 nafarni tashkil etmoqda.

TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 59 nafarga yetdi, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ushbu infektsiya xorijda boʻlib qaytgan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan yana uch nafar fuqaroda aniqlangan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi koronavirus infektsiyasi COVID -19 tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, ushbu virusni dunyo boʻyicha 350 mingdan ortiq odam yuqtirgan, 16 mingdan koʻprogʻi vafot etgan. Rossiyada koronavirusni yuqtirganlik boʻyicha 658 holat aniqlangan. 29 kishi sogʻaygan, ikki nafari vafot etgan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (558)

Asosiy mavzular