15:16 26 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (866)
45400

Respublikadagi koronavirus epidemiyasi bilan bogʻlik vaziyat tufayli Fargʻona viloyatiga barcha avtortransportlarning kirishi va chiqishi taqiqlandi.

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Fargʻona viloyatiga barcha  avtotransport vositalarining viloyatlardan kirib kelishi va chiqishi toʻxtatildi. Bu haqda Fargʻona viloyati Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Joriy yilning 27 mart kuni soat 10: 00 dan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari uchun toʻxtatilgan.

Mamlakatda koronavirus kasalligi  tarqalishining oldini olish hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini va xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu cheklov yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu taqiq yuk tashuvchi transportlariga tegishli emas.

Avvalroq, Respblikaning Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga kirish va chiqish rasman toʻxtatilgani haqida xabar bergan edik.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (866)

Asosiy mavzular