Bortiga tibbiy uskunalar yuklangan Rossiya HKK samolyoti AQShga uchib ketdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishVoyenno-transportniy samolet VKS Rossii Il-76 MD s meditsinskim oborudovaniyem, prednaznachennim dlya borbi s virusom COVID-19, sovershayet vilet s italyanskoy aviabazi "Praktika-li-Mare"
Voyenno-transportniy samolet VKS Rossii Il-76 MD s meditsinskim oborudovaniyem, prednaznachennim dlya borbi s virusom COVID-19, sovershayet vilet s italyanskoy aviabazi Praktika-li-Mare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Seshanba kuni Oq uy matbuot xizmati, vaziyat qulay kechgan taqdirda AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 ming kishidan ortmasligi, noqulay ssenariyda esa 2,2 milliongacha bo‘lishi mumkinligi haqida e’lon qilgan edi.

TOShKENT, 1 apr - Sputnik. Bortiga tibbiy niqob va tibbiy jihozlar yuklangan Rossiya harbiy samolyoti Chkalovskaya aerodromidan (Moskva viloyati) AQShga tomon uchib ketdi, deb xabar beradi RIA Novosti Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib.

Prezident RF V. Putin posetil bolnitsu v Kommunarke - Sputnik O‘zbekiston
Putin bilan uchrashgan bosh shifokorda koronavirus aniqlandi

Okean ortiga An-124-100 Ruslan samolyoti uchib ketgani aniqlangan.

Jons Xopkins Universiteti taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 188 mingdan ortiq COVID-19 holati qayd etilgan, 3800 dan ortiq kishi vafot etgan.

Seshanba kuni Oq uy matbuot xizmati agar vaziyat yaxshi kechgan taqdirda AQShda koronavirus qurbonlari soni 100 ming kishidan ortmasligi, noqulay ssenariyda esa 2,2 milliongacha bo‘lishi mumkinligi haqida ekspert materiallarini e’lon qilgan edi.

Qulay ssenariy pandemiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha hukumat choralarini o‘z ichiga oladi. Bunday holda, o‘lim darajasi 100mingdan dan 220 minggacha bo‘ladi. Aralashuv bo‘lmasa, 1,5-2,2 million odam o‘lishi taxmin qilinmoqda.

BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 750 mingdan oshiq yuqtirish holatlari qayd etilgan, 36 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0